Bayraktar AKINCI TİHA amalga oshirgan sinovini muvaffaqiyatli yakunladi

Bayraktar AKINCI TİHA (Hujum uchuvchisiz havo vositasi) milliy ishlab chiqilgan va birinchi marta samolyotdan uchirilgan IHA-230 raketasi bilan amalga oshirgan sinov 140 kilometr masofadan aniq zarba berdi.

1968306

Baykar tomonidan qilingan bayonotga ko'ra, Bayraktar AKINJI loyihasi doirasida Mudofaa sanoati raisligida amalga oshirilgan. Milliy ravishda  Baykar tomonidan ishlab chiqilgan Bayraktar AKINJI TİHAga mahalliy  ravishda ishlab chiqarilgan yangi o'q-dorilar va tizimlarning integratsiyasi muvaffaqiyatli davom etmoqda.

2023-yil 31-mart, juma kuni Turkiyaning Roketsan tomonidan ishlab chiqilgan havodan-yerga tovushdan tez uchadigan birinchi raketasi İHA-230 raketasining sinov uchirilishi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Tekirdag'ning Cho’rlu tumanidagi AKINJI Parvoz Ta'lim va Sinov Markazidan havoga ko'tarilgan Bayraktar AKINJI uzoq masofali sinovini o'tkazish uchun Sino’pga yo'l oldi.

Bayraktar AKINJI tomonidan Sino’p poligonida otilgan KKS/ANS boshqariladigan IHA-230 raketasi Qora dengizdagi 140 kilometr uzoqlikdagi nuqtaga to'g'ridan-to'g'ri zarba berdi.

O'ziga xos harakat kuchiga ega bo'lgan IHA -230 raketasi uzoq masofasi va yuqori zarba tezligi bilan TİHAdan kilometr uzoqlikdagi nishonlarga qarshi samaradorlik ko'rsata oladi. Shunday qilib, o'q-dorilari sifat va miqdor jihatidan xilma-xil bo'lgan Bayraktar AKINJIning oldini olish kuchi yanada ortdi.

Aloqador xabarlar