Erdo’g’an zilzila zonasida 27 ming 949 ta uy qurilishi boshlanganini aytdi

"Aslida, qishloqdagi uylarning ayrimlari hozirda qurib bitkazilish arafasida. Yozgacha qurib beramiz. Biz va’da bersak albatta bajaramiz”, - deydi Turkiya prezidenti.

1967338
Erdo’g’an zilzila zonasida 27 ming 949 ta uy qurilishi boshlanganini aytdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an zilzila zonalarida 27 ming 949 ta uy qurilishi boshlanganligini, ba’zi qishloq uylari esa yakunlanish arafasida ekanini ma’lum qildi.

Prezident Erdo’g’an poytaxt Anqaradagi Chankaya ko’shkida ba’zi xususiy telekanallarning hamkorlikdagi jonli efirida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Erdo’g’an 6-fevral kuni mamlakat janubi-sharqida yuz bergan zilzilalardan keyin darhol zilziladan jabrlangan viloyatlarda qayta qurish jarayoni boshlatilganini aytdi.

“Xalqimiz xotirjam bo’lsin. 20 yilda 1 million 180 mingta xavfsiz uy-joy qurgan, 3,3 millionta qurilish loyihasini amalga oshirgan malakali xodimlar zonada mehnat qilmoqda. Zilzila sodir boʻlgan hududda yangi uylarning poydevorini o’rnatdik va buni davom ettirmoqdamiz”, dedi Erdo’g’an.

Prezident shuningdek, zilziladan jabr ko’rgan Adiyaman, Kahramanmarash, Gaziantep, Hatay va Malatiyada jami 27 ming 949 ta uy qurilishi boshlanganini ma’lum qildi.

"Aslida, qishloqdagi uylarning ayrimlari hozirda qurib bitkazilish arafasida. Yozgacha qurib beramiz. Biz va’da bersak albatta bajaramiz”, - deydi Turkiya prezidenti.

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar