Erdo'g'an va Novak Turkiya-Vengriya munosabatlarini mustahkamlashga kelishib oldi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an rasmiy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Vengriya Prezidenti Katalin Novak bilan poytaxt Anqaradagi Prezident saroyida uchrashdi.

1967302
Erdo'g'an va Novak Turkiya-Vengriya munosabatlarini mustahkamlashga kelishib oldi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an rasmiy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Vengriya Prezidenti Katalin Novak bilan poytaxt Anqaradagi Prezident saroyida uchrashdi.

Erdo'g'an va Novak kunning ikkinchi yarmida uchrashuv va muzokaralar yakunlari bo’yicha qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

Trans-Anadolu tabiiy gaz quvur liniyasi TANAPdan Vengriyaga tabiiy gaz yetkazib berilishi borasida Ozarbayjon bilan birga har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Vengriya prezidenti 6-fevral kuni mamlakatda yuz bergan vayronkor zilzila fojiasidan keyin birdamligini ko'rsatish va ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilish uchun Anqaraga kelganini ifoda etgan Erdo'g'an, Vengriya hukumati va do'st Vengriya xalqiga ko'rsatgan yordamlari  uchun minnatdorlik bildirdi.

Katalin Novak bilan uchrashuvlarda Turkiya-Vengriya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinganligini ifoda etgan Erdo’g'an, tijoriy, harbiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni har tomonlama ko’zdan kechirish imkoniyatiga ega bo'lganligini bildirdi.

Uchrashuvda kengaytirilgan strategik sheriklik asosida Turkiya-Vengriya munosabatlarini har sohada yanada mustahkamlash uchun mushtarak iroda tasdiqlanganini ta'kidlagan Erdo'g'an, Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining 6-yig'ilishini dekabr oyida Vengriya poytaxti Budapeshtda o'tkazishlarini aytdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Katalin Novak , #Vengriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar