Turkiyada prezident saylovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi

Turkiya Oliy saylov komissiyasi Erdo‘g‘an va Kilichdaro‘g‘lini hech qanday imzolarsiz nomzod sifatida tasdiqlagan. Chunki ular parlament fraksiyalari tomonidan ko‘rsatilgan.

1965731
Turkiyada prezident saylovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi

 

Turkiyada prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun yana ikki muxolifat nomzodi 100 000 dan ortiq imzo to‘plab, ro‘yxatdan o‘tishni yakunladi.

Bu haqda bugun, 27 mart kuni “Haberturk” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Vatan” partiyasi raisi Muharram Inje 111 mingdan ortiq, Otaturkchilar ittifoqidan nomzod Sinan Ogan esa 107 mingdan ziyod imzo to‘play olgan. Shunday qilib, bu siyosatchilar nomzod sifatida ro‘yxatga olinishi uchun Markaziy saylov komissiyasi shartlarini bajargan. 

Ayni damda prezidentlik uchun kurashda kamida to‘rt nafar nomzod ishtirok etishini taxmin qilish mumkin. Bular amaldagi davlat rahbari Rajab Tayyip Erdo‘g‘an, asosiy muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi raisi Kemal Kilichdaro‘g‘li, Muharrem Inje va Sinan Ogan. Turkiya Oliy saylov komissiyasi Erdo‘g‘an va Kilichdaro‘g‘lini hech qanday imzolarsiz nomzod sifatida tasdiqlagan. Chunki ular parlament fraksiyalari tomonidan ko‘rsatilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Oliy saylov komissiyasi 11 nomzoddan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilgan va 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida qatnashish uchun ulardan bugun, 27 martga qadar 100 ming imzo yig‘ishi kerakligi ma’lum qilingandi.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Turkiya

Aloqador xabarlar