Hulusi Akar Malayziya mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Oliy martabali mehmon sharafiga Anqaradagi mudofaa vazirligi qarorgohida harbiy marosim o’tkazildi. Marosimdan so'ng, Hulusi Akar va Bin Haji Hasan yakkama-yakka va hay'atlararo uchrashuvlar o'tkazdi.

1962541
Hulusi Akar Malayziya mudofaa vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Turkiyaga tashrif buyurgan Malayziya mudofaa vaziri Utama Mohamad Bin Haji Hasan bilan uchrashdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga Anqaradagi mudofaa vazirligi qarorgohida harbiy marosim o’tkazildi.

Marosimdan so'ng, Hulusi Akar va Bin Haji Hasan yakkama-yakka va hay'atlararo uchrashuvlar o'tkazdi.

Yetakchilar ishtirokida uchrashuv yakunlari bo’yicha qo’shma matbuot anjumani o'tkazildi.

Hulusi Akar anjumanda Turkiya va Malayziya o'rtasidagi mushtarak o'tmish va qadriyatlarga urg'u berdi.

“Biz birligimiz va hamjihatligimiz yanada kuchayishiga ishonamiz”,-dedi Hulusi Akar.

Vazir shuningdek, 6-fevral kuni mamlakatda sodir bo'lgan vayronkor zilzilalarni eslatib, shunday dedi:

"Xalq va davlat sifatida butun kuchimizni safarbar qilgan holda zilzilaga qarshi kurashimizni davom ettirar ekanmiz, Malayziya birinchilardan bo’lib, bizni qo’llab-quvvatlagan davlatlardan biri bo’ldi. Malayziyadan kelgan qidiruv-qutqaruv xodimlariga minnatdorlik bildiramiz”.

Turkiya va Malayziya o’rtasidagi munosabatlar do’stlik va qardoshlik asosida tashkil topganini ta’kidlagan Akar, uchrashuv va muzokaralar o’ta samarali va konstruktiv ruhda bo’lib o’tganini ma’lum qildi.

U shuningdek, ikki tomonlama va mintaqaviy mavzular, harbiy ta'lim sohasidagi hamkorlik va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik masalalari haqida fikr almashilganini bildirdi.

Malayziya mudofaa vaziri Hasan ham Malayziya hukumatining Turkiyadagi zilzilalardan keyin Adiyamanda tashkil etilgan qo’chma shifoxonasida foydalanilgan tibbiy jihozlarni mamlakatga sovg’a qilishga qaror qilganini ma'lum qildi.

Malayziya mudofaa vaziri bugun zilziladan jabrlangan Adiyaman viloyatidagi Malayziya ko’chma shifoxonasidagi faoliyatlarni ko’zdan kechirishni rejalashtirgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Malayziya , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar