Turkiyadagi sel oqibatida qurbonlar soni 19 nafarga yetdi

Suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududda jami 7585 nafar qutqaruvchi va ​​1485 ta texnika ishlamoqda.

1962293
Turkiyadagi sel oqibatida qurbonlar soni 19 nafarga yetdi

 

15-mart kuni Turkiya janubi-sharqidagi Shanliurfa va Adiyaman viloyatida sodir bo’lgan suv toshqinlarida halok bo’lganlar soni 19 nafarga yetdi.

Sel oqibatida Adiyamanda 2 kishi halok bo'lgan, 2 kishi bedarak yo'qolgan.

Ona va bolani qidirib topish uchun bir necha kun davomida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Qidiruvlar chog‘ida onaning jasadi topilgan bo‘lsa-da, uning 1,5 yoshli qizi Zeynep haqida hozircha xabar yo‘q.

16 kishi hayotdan ko'z yumgan Shanliurfada esa, bedarak yo'qolgan yuk mashinasi haydovchisini qidirish ishlari davom etmoqda.

Suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududda jami 7585 nafar qutqaruvchi va ​​1485 ta texnika ishlamoqda.


Tanlangan kalimalar: #sel , #Turkiya

Aloqador xabarlar