Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li, BMT Bosh kotibi Guterres bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterres bilan Istanbul don kelishuvining uzaytirilishini muhokama qildi.

1959844

Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, Chavusho'g'li Guterres bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Uchrashuvda, Istanbul don kelishuvining uzaytirilishi va Ukrainadagi so'nggi o'zgarishlar muhokama qilingani bildirildi.

Vazir Chavusho’g’li, Norvegiya Tashqi ishlar vaziri Anniken Huitfeldt bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Chavusho’g’li, 6 fevral kuni Kahramanmarashda sodir bo’lgan zilziladan keyin Norvegiyaning ko’rsatgan qo’llab-quvvatlashi va birdamligi uchun Huitfeldtga minnatdorchilik bildirdi.

Yig'ilishda NATOning kengayishi, Istanbul don kelishuvining uzaytirilishi, Afg'oniston va Somalidagi mavjud o'zgarishlar muhokama qilindi.

Mevlud Chavusho’g’li, Tunisning yangi tashqi ishlar vaziri Nabil Ammar bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Chavusho’g’li, shuningdek, Norvegiya va Tunislik hamkasblariga zilziladan keyin ko’rsatgan yordam va birdamlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Aloqador xabarlar