Yer silkinishlari tufayli yordam berish ishlari xalqaro miqyosda ham davom etmoqda

Turkiyada, 6-fevral kuni sodir boʻlgan va oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlarida 47 ming 975 kishi hayotdan koʻz yumdi.

1958390
Yer silkinishlari tufayli yordam berish ishlari xalqaro miqyosda ham davom etmoqda
pakistan yardım.jpg

Oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan va mamlakatning 11 viloyatiga salbiy ta’sir koʻrsatgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishlari ortidan xalqaro yordam yetkazib berish ishlari davom etmoqda.

Shu doirada Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) yer silkinishlari tufayli Turkiya bilan Suriyaga 215 samolyot yordam ashyolari yubordi.

Birlashgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligining Twitter sahifasida mavzu haqida berilgan bayonotda, BAA Davlat rahbari Shayh Muhammad bin Zoid al-Nahyonning 7-fevral kuni bergan buyrugʻi bilan Turkiya va Suriyada yer silkinishlaridan jabr koʻrganlarga yordam berish uchun boshlatilgan amaliyot haqida ma’lumot berildi.

Ushbu amaliyot doirasida Turkiya va Suriyaga 215 samolyot 5 ming 975 tonna insonparvarlik yordami yetkazilgani ifoda etildi.

Boshqa tomondan, Pokiston hukumati tomonidan 50 ming chodirni tashish ustidan “maxsus parvoz amaliyoti” doirasida yuborilgan 1 200 ta chodir yuklangan birinchi samolyot, Lahor shahridan yoʻlga chiqib, Adana aeroportiga yetib keldi.

Insonparvarlik yordamlari samolyotdan tushirilib, yer silkinishlaridan jabr koʻrgan hududlarga yetkazildi.

Shu bilan birga taxminan 13 ming 600 qishki chodirni tashigan 3 ta kemaning Pokistondan Turkiya tomon yoʻlga chiqqani va bu oy Mersinga yetib kelishi ma’lum boʻldi.

 



Aloqador xabarlar