Turkiyadagi yer silkinishlarida 47 ming 975 kishi hayotdan koʻz yumdi

Turkiyada, 6-fevral kuni sodir boʻlgan va oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlarida 47 ming 975 kishi hayotdan koʻz yumdi.

1958346
Turkiyadagi yer silkinishlarida 47 ming 975 kishi hayotdan koʻz yumdi

Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) rahbari Yunus Sezer, oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlari oqibatida 47 ming 975 kishining hayotdan koʻz yumganini ma’lum qildi.

Sezer poytaxt Anqaradagi AFAD Bosh qarorgohida mavzu haqida bergan bayonotida, 6-fevral kuni sodir boʻlgan yer silkinishlari salbiy ta’sir qilgan hududlarda obodonlashtirish ishlari bilan vayronalarni olib tashlash faoliyatlari jadal davom etayotganini ta’kidladi.

Mazkur tabiiy ofatda hayotdan koʻz yumganlar sonining ortganligini ifoda etgan Sezer,

“Hozirgacha 47 ming 975 kishi halok boʻldi. Ulardan 6 ming 278 nafari suriyalik qardoshlarimiz bosh boʻlish bilan birga xorijliklar”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Ayni paytda 3 ming 954 qidiruv-qutqaruv xodimi vayronalarni olib tashlash va insonparvarlik yordamlari bilan shugʻullanayotganiga e’tibor qaratgan Sezer, mintaqada boshqa davlatlardan kelgan qariyb 300 nafar qidiruv-qutqaruv xodimi borligini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Kahramanmarash , #AFAD , #yer silkinishlari

Aloqador xabarlar