Bugun Turkiya Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

Bugun 12-Mart 2023-yil Turkiya Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 102-yil to‘ldi.

1958355
Bugun Turkiya Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

Turkiya Davlat madhiyasi 1921-yil 12-mart kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, uning so‘zlari turk xalq shoiri Mehmet Akif Erso‘y qalamiga mansub. Ushbu madhiya ayni vaqtda Shimoliy Kipr Turk Respublikasining ham milliy madhiyasi hisoblanadi.

Turk xalqining ramziga aylangan milliy madhiya qabul qilingan kun qutlug‘ bo‘lsin ammo muallif ham aytganidek, “Olloh bu xalqni takror milliy madhiya yozishga majbur qilmasin!” Milliy shoir Mehmet Akif Erso‘yni esa hurmat ila yodga olamiz.

 



Aloqador xabarlar