Vitse-prezident Fuat O’ktay, BMT Qochqinlar Oliy komissari Filippo Grandi bilan uchrashdi

Vitse-prezident Fuat O’ktay, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Qochqinlar Oliy komissari Filippo Grandi bilan uchrashdi.

1958131
Vitse-prezident Fuat O’ktay, BMT Qochqinlar Oliy komissari Filippo Grandi bilan uchrashdi
oktay vitorino.jpg

 

Vitse-prezident Fuat O’ktay, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Qochqinlar Oliy komissari Filippo Grandi bilan uchrashdi.

O’ktay, poytaxt Anqaradagi Prezidentlik majmuasida bo'lib o'tgan yig'ilishda, Kahramanmarosh markazidagi zilzilalardan keyin bu oyda olib borilgan vayronalarni olib tashlash ishlarini yakunlashni maqsad qilganliklarini aytdi.

Turkiyaning butun dunyo bo'ylab yillar davomida qilgan insonparvarlik yordami falokatdan so'ng xorijdan yordam bilan kutib olinayotganini tilga olgan O’ktay, zilzila hududidagi vayronalarni olib tashlash, chodirlar o'rnatish va 3 hafta ichida muhim yutuqlarga erishilganini ma'lum qildi. konteyner shaharlari va shaharlarni qayta qurish va tiklash faoliyatiga o’tildi dedi.

Turkiya bilan birdamlikda ekanliklarini va insonparvarlik yordamiga e’tibor qaratganliklarini ifoda etgan Grandi, Turkiyaning bu jarayonda 3 chegara darvozasini ham ochiq qoldirishi tufayli chegara orqali yordam yetkaza olganliklarini qayd etdi.

Fuat O’ktay Prezidentlik majmuasida Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) Bosh direktori Antonio Vitorino bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda O’ktay, markaz markazi Qahramanmarash bo'lgan zilzilalardan keyin amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Vitorino esa Turkiyaning zilzila tadqiqotlari va Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning bu boradagi sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlaganliklarini bildirib, Turkiyaning hozirgacha olib borgan faoliyatlari tahsinga loyiq ekanini ta'kidladi.



Aloqador xabarlar