Yana 2 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi
2023-yilda taslim boʻlgan tashkilot aʼzolari soni 16 nafarga yetdi.

PKK terror tashkilotini tarqatish ishlari davom etmoqda. Shu doirada tashkilotning yana 2 nafar a‘zosi ko‘ndirish yo‘li orqali taslim bo‘ldi.
Ichki ishlar vazirligi koordinatsiyasida Jandarmeriya Bosh qo‘mondonligi va Xavfsizlik Bosh boshqarmasi tomonidan olib borilgan ko‘ndirish faoliyatlarinatijasida bugun, PKK terror tashkiloti tarkibidan qochgan yana 2 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi.
Ularning 2015 va 2017 yillarda terror tashkiloti tarkibiga kirib, Turkiya va Iroqda faoliyat olib borganliklari aniqlandi.
Davom etayotgan ushbu faoliyatlar natijasida, 2023-yilda taslim boʻlgan tashkilot aʼzolari soni 16 nafarga yetdi.
Aloqador xabarlar

PKK/YPGga a'zo 2 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi
Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi davom etmoqda.