Erdo’g’an Bruney Dorussalom sultoni Vaddaulah bilan uchrashdi

Ikki davlat rahbarlari dastlab tor doiradagi uchrashuvini amalga oshirdi, so‘ngra delegatsiyalar o‘rtasidagi uchrashuvga raislik qildi. Uchrashuvlarda dolzarb mintaqaviy va global mavzular muhokama qilindi.

1956461
Erdo’g’an Bruney Dorussalom sultoni Vaddaulah bilan uchrashdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 6-fevral kuni 11 viloyatda sodir bo’lgan vayronkor zilzilalardan so’ng, Bruney Dorussalom Sultonligi tomonidan berilgan yordamni unutmasliklarini aytdi.

Erdo’g’an Turkiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan Bruney Dorussalom sultoni Vaddaulah bilan poytaxt Anqaradagi prezident saroyida uchrashdi.

Ikki davlat rahbarlari dastlab tor doiradagi uchrashuvini amalga oshirdi, so‘ngra delegatsiyalar o‘rtasidagi uchrashuvga raislik qildi. Uchrashuvlarda dolzarb mintaqaviy va global mavzular muhokama qilindi.

Falastin, Roinga, Islomga dushmanlik va Ukraina urushi kabi mavzular muhokama qilinganini ma’lum qilgan Erdo’g’an, mintaqaviy va xalqaro platformalarda, ayniqsa ASEAN va Islom Hamkorlik Tashkiloti doirasida hamkorlikni oshirishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Prezident shuningdek,  6-fevral kuni 11 viloyatni larzaga keltirgan dahshatli zilziladan so’ng, Bruney Dorussalom Sultonligi tomonidan berilgan do’stona yordamni aslo unutmasligini aytdi.

Bruney Dorussalom sultoni Vaddaulah ham "Bruney har doim Turkiya bilan birdam. Shuningdek, qanday bo’lmasin yordam berishga tayyor. Ishonchim komilki, hukumatning sa'y-harakatlari va turk xalqining chidamliligi va kuchi bilan Turkiya bu fojiani engib o'tadi va hatto yanada kuchliroq bo'ladi",-dedi.

Turkiya bilan Bruney o’rtasidagi munosabatlarning yanada kuchayishini aytgan Sulton Vaddaulah, Turkiya bilan birdamlikka urg’u berdi.

Falastindagi vaziyatga to’xtalgan  Vaddaulah, "Bruney Falastin bilan birdamlikda va Isroilning hujumlarini qoralaydi" dedi.

Muzokaralar yakunida 5 ta shartnoma imzolandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bruney Dorussalom , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar