AQShning Anqaradagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Anqaradagi elchisi Jeff Fleyk, Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

1955668
AQShning Anqaradagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Anqaradagi elchisi Jeff Fleyk, AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi boshlig‘i general Mark Millining Suriya shimoli-sharqiga uyushtirgan tashrifi munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra AQSh elchisi Jeff Fleyk bugun Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

Fleykdan, general Mark Millining 2023-yil 4-mart kuni Suriya shimoli-sharqiga uyushtirgan tashrifi bilan bog‘liq izohat berishi istalgan.

Milli, Suriya shimolidagi YPG/PKK terror tashkiloti tomonidan bosib olingan hududlarni ziyorat qilgan edi.



Aloqador xabarlar