Prezident Erdo’g’an Yangi aholi punktlarini mustahkam yerlarga qurishni rejalashtirmoqdamiz dedi

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, gorizontal arxitekturada murosaga kelmasliklarini aytdi.

1954611
Prezident Erdo’g’an Yangi aholi punktlarini  mustahkam yerlarga qurishni rejalashtirmoqdamiz dedi

 

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an, gorizontal arxitekturada murosaga kelmasliklarini aytdi.

Istanbuldagi Dolmabahche idorasida Turkiya Milliy Risk qalqoni yig'ilishida so'zga chiqqan Prezident Erdo'g'an, 6 fevral kuni Qahramanmarosh markazli zilzilalarning 11 shaharda katta qurbonlar va katta vayronagarchiliklarga sabab bo'lganini bildirdi.

– Hayotdan ko‘z yumgan 45 ming nafardan ortiq fuqaromiz, tan jarohati olgan 115 ming nafar fuqaromizning dardi qalbimizda. Erdo‘g‘an, falokat yaralarini davolash uchun kechayu kunduz mehnat qilganliklarini aytdi.

Shaharlarda quriladigan yangi uylar va qishloq uylari soni zararni aniqlash ishlari yakunlangach aniq bo'lishini tilga olgan Erdo'g'an, yangi uylar va yangi yashash joylari qurilishini boshlaganliklarini ma'lum qildi.

Prezident,

"Yangi aholi punktlarini rejalashtirar ekanmiz, biz shaharlarimiz yoʻnalishini iloji boricha tekislikdan togʻlarga va mustahkam yerga oʻzgartiramiz. Biz qadimiy shaharlarimizni tarixiy va madaniy boyliklarimizni saqlab qoladigan va ularni ofatlarga qarshi mustahkamlaydigan tushuncha bilan jonlantirishni maqsad qilganmiz. Biz gorizontal arxitekturada murosaga kelmaymiz." Deb qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar