Prezident Erdo‘g‘an Katerina Sakellaropulouga hamdardlik bildirdi

Prezident Erdo‘g‘an, Katerina Sakellaropulou bilan Kiryakos Michotakisga hamdardlik bildirdi.

1953524
Prezident Erdo‘g‘an Katerina Sakellaropulouga hamdardlik bildirdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Gretsiyada sodir bo‘lgan poyezd halokati sababli Gretsiya Prezidenti Katerina Sakellaropulou va Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Michotakisga hamdardlik bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Gretsiyada sodir bo‘lgan poyezd halokatidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirib, halok bo‘lganlar uchun ta’ziya izhor etdi. Tan jarohati olganlarga esa shifo tiladi.

Eslatib o‘tamiz:

Gretsiyaning Larisa shahri shimolidagi Tempi hududida, yo‘lovchi poyezdi bilan yuk tashuvchi poyezd to‘qnashib ketdi.

Oqibatida, yo‘lovchi poyezdining ba’zi vagonlari relsdan chiqib ketar ekan oldingi vagonlari yondi. Voqeada 38 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi esa tan jarohati oldi.



Aloqador xabarlar