Turkiyadagi yer silkinishlarida 45 ming 89 kishi hayotdan koʻz yumdi

Turkiyada, 6-fevral kuni sodir boʻlgan yer silkinishlarida 45 ming 89 kishi hayotdan koʻz yumdi.

1953076
Turkiyadagi yer silkinishlarida 45 ming 89 kishi hayotdan koʻz yumdi

6-fevral kuni sodir boʻlgan va oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlarida 45 ming 89 kishi hayotdan koʻz yumdi.

Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) tomonidan berilgan bayonotga koʻra, oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlari ortidan 11 ming 20 takroriy seysmik silkinish qayd etilgan.

Kahramanmarash, Gaziantep, Shanliurfa, Diyarbakir, Adana, Adiyaman, Oʻsmaniye, Hatay, Kilis, Malatiya va Elazigʻda 45 ming 89 kishi hayotdan koʻz yumdi.

Mintaqaga haligacha mahalliy va xalqaro jami 6 ming 368 nafar qidiruv-qutqaruv xodimi xizmat qilmoqda.

Ularga xavfsizlik va tibbiy sohalarda jami 234 ming 636 nafar xodim yordam bermoqda.  

Tabiiy ofat hududida kerakli 18 ming 40 transportdan foydalanilmoqda.

Bugungacha mintaqaga 116 ta vertolyot va 76 ta samolyot orqali 13 ming 999 qatnov yoʻlga qoʻyildi. Ular orqali mintaqaga personal va kerakli ashyolar yetkazib berildi.

Shu bilan birga Milliy Mudofaa vazirligi va Sohil xavfsizlik qoʻmondonligi tomonidan mintaqaga 38 ta kema ajratildi.

Yer silkinishidan qattiq jabr koʻrgan mintaqalarga vazirliklar, tegishli tashkilot va muassasalar bilan turli davlat va xalqaro tashkilotlar tomonidan yetkazib berilgan 358 ming 37 ta chodirni qurish ishlari ham tamomlandi.

Mamlakatning 11 viloyatining 332 nuqtasida konteyner shaharlar tashkil etilar ekan, ayni vaqtda 10 viloyatning 162 nuqtasida konteyner shaharlari qurish ishlari davom etmoqda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar