Malatiyada yana yer silkinishi sodir bo‘ldi

Turkiyaning Malatiya viloyatida yana yer silkinishi sodir bo‘ldi.

1952169
Malatiyada yana yer silkinishi sodir bo‘ldi

Malatiyada sodir bo‘lgan 5,6 magnitudali yer silkinishida 1 (bir) kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) rahbari Yusuf Sezer, bugun Turkiya vaqti bilan soat 12:04 da qayd etilgan yer silkinishida 1 (bir) kishining halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Halok bo‘lgan 1 (bir) kishidan tashqari 110 (bir yuz o‘n) kishining esa tan jarohati olganini bildirgan Sezer, vayrona ostidan 32 kishining qutqarilgani, ikkita binoda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Qayd etilishicha, takroriy seysmik silkinishlar to‘xtamagan.

Atrofdagi viloyatlarda ham sezilgan mazkur tabiiy ofat, yerning 6,96 kilometr chuqurligida kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Malatiya viloyati, 6-fevral kuni sodir bo‘lgan va o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan 7,6 va 7,8 magnitudali kuchli yer silkinishi paytida ham katta ziyon ko‘rgandi.


Tanlangan kalimalar: #Kahramanmarash , #Malatiya , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar