Chavushoʻgʻlu Istanbulda jon saqlayotgan yer silkinishi jabrlanuvchilari ahvolidan xabar oldi

Mevlut Chavushoʻgʻlu hozirda Istanbulda jon saqlayotgan yer silkinishi jabrlanuvchilari ahvolidan xabar oldi.

1951582
Chavushoʻgʻlu Istanbulda jon saqlayotgan yer silkinishi jabrlanuvchilari ahvolidan xabar oldi
cavusoglu depremzedeler ziyaret1.jpg
cavusoglu depremzedeler ziyaret.jpg

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu yer silkinishidan jarohat olib, hozirda Istanbuldagi professor doktor Jemil Tashchioʻgʻlu shahar kasalxonasida davolanayotgan yurtdoshlar ahvolidan xabar oldi.

Chavushoʻgʻlu, 6-fevral kuni oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan va mamlakatning 11 viloyatiga salbiy ta’sir qilgan yer silkinishidan jabr koʻrgan yurtdoshlar bilan suhbat qilib, shifokorlardan ularning muolajalari haqida ma’lumot oldi.

Chavushoʻgʻlu yer silkinishidan omon qolib, hozirda Istanbuldagi Mahmut Jelalettin Oʻkten nomidagi talabalar yotoqxonasida yashayotgan yurtdoshlar bilan ham uchrashdi.

Chavushoʻgʻlu yotoqxona yetakchilaridan ular sharoiti haqida batafsil ma’lumot ham oldi.

 



Aloqador xabarlar