Erdo‘g‘an zilzila zonasida mahalliy aholi bilan uchrashdi

"Shaharimiz markazlarida quradigan 200 ming uy-joydan geologiya va yer tadqiqotlari yakunlangan hududlarda dastlabki shartnomalarni imzoladik",- deb aytgan Erdo'g'an mahalliy aholi bilan uchrashuvda.

1949641
Erdo‘g‘an zilzila zonasida mahalliy aholi bilan uchrashdi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha mamlakat janubi-sharqidagi zilzila zonasiga tashrif buyurib, u yerlardagi vaziyat bilan tanishdi.

"Shaharimiz markazlarida quradigan 200 ming uy-joydan geologiya va yer tadqiqotlari yakunlangan hududlarda dastlabki shartnomalarni imzoladik",- deb aytgan Erdo'g'an mahalliy aholi bilan uchrashuvda.

Prezident Erdo'g’an 6-fevral kuni zilziladan zarar ko’rgan viloyatlardan biri Gaziantepning Islahiye tumanida tashkil etilgan konteyner kompleksini ham ko'zdan kechirdi. U yerga joylashtirilgan insonlarning sharoiti bilan tanishdi.

Zilziladan zarar ko'rgan shaharlarda 1797 ta uyning qurilish jarayoni bugundan boshlanishini ta'kidlagan Erdo'g'an, "Biz yangi metod bilan shaharlarimizni xavfsiz va tinch aholi punktlariga aylantirishga qaror qildik",-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar