Chavusho‘g‘lu Mustafa Qrimo‘g‘lu bilan uchrashdi

Qrim-tatar turklari lideri Mustafa Qrimo‘g‘lu, Turkiyaga birdamlik bildirish maqsadida Anqaraga tashrif uyushtirdi.

1949595
Chavusho‘g‘lu Mustafa Qrimo‘g‘lu bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu 6-fevral kuni sodir bo‘lgan va mamlakatning 11 viloyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi ortidan Turkiyaga birdamlik bildirish maqsadida tashrif uyushtirgan Qrim-tatar turklari lideri Mustafa Qrimo‘g‘lu bilan uchrashdi.

Poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Chavusho‘g‘lu, Qrim-tatar turklarining lideri va Ukraina deputati Mustafa Kirimoʻgʻlu va barcha Qrim-tatar turklariga, qiyin paytlarda Turkiyaning yonida boʻlganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.



Aloqador xabarlar