Turkiya AQSh hukumati va xalqiga minnatdorlik bildirdi

Mavlud Chavusho‘g‘lining qayd etishicha, ofat yuz bergan birinchi kundanoq Vashington Anqarani imkon qadar qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirib kelmoqda. Yordam kampaniyalari allaqachon boshlanib ketgan va davom etmoqda.

1949535
Turkiya AQSh hukumati va xalqiga minnatdorlik bildirdi

 

Turkiya zilzilalardan keyin AQSh hukumati va xalqiga birdamlik va yordam uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li dushanba kuni Anqarada AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o'tdi.

Turkiya diplomatiyasi rahbarining qayd etishicha, ofat yuz bergan birinchi kundanoq Vashington Anqarani imkon qadar qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirib kelmoqda. Yordam kampaniyalari allaqachon boshlanib ketgan va davom etmoqda.

"Bularning barchasi uchun AQSh ma’muriyatidan ham, xalqidan ham minnatdormiz”, dedi Chavusho‘g‘li.

Turkiya diplomatiyasi rahbarining aytishicha, u amerikalik hamkasbi bilan birga ofat hududidagi Hatay viloyatiga tashrif buyurgan.

Chavusho‘g‘li Turkiya va AQSh o‘rtasidagi muloqot kun tartibi keng bo‘lib, Blinken bilan so‘nggi shaxsiy uchrashuv atigi bir oy oldin Vashingtonda bo‘lib o‘tganini ta’kidladi.

Unga ko‘ra, Turkiya-AQSh strategik mexanizmining ikkinchi yig‘ilishi 2023 yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan. “Maqsadimiz, muloqotning barcha imkoniyatlarini Turkiya va AQSh manfaati uchun ishlatishdir. Shu bilan birga, hamkorlik yo‘lida to‘siq bo‘layotgan muammolarni muhokama qilish ham muhim”, dedi Turkiya TIV vaziri.

Chavusho‘g‘li Turkiya bilan AQSh o‘rtasidagi savdo hajmi 32 milliard dollarga yetganini, tomonlar bu raqamni yiliga 100 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilganini eslatdi.

NATOning kengayishini Turkiyaga F-16 samolyotlari yetkazib berish bilan bog‘lash noto‘g‘ri.

Turkiya tashqi ishlar vaziri AQSh bilan mudofaa sohasida hamkorlikka ham e’tibor qaratdi.Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyati Turkiya harbiy-havo kuchlarining F-16 flotini sotib olish va modernizatsiya qilish masalasida Turkiya rasmiylarining pozitsiyasini faol qo‘llab-quvvatlaydi. “Anqara AQShdan F-16 samolyotlarini sotib olishda ma’lum shartlarni o‘rtaga qo‘ymadi. Qo‘llarimiz "bog‘langan" bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, Turkiyaga qarshi barcha sanktsiyalar tezroq olib tashlanishini kutamiz”, dedi u.

Turkiya vazirining ta’kidlashicha, Turkiyaga F-16 samolyotlarini yetkazib berish va NATOni kengaytirish masalalari o‘zaro bog‘liq emas. “Bir masalani boshqasiga bog‘lash noto‘g‘ri va adolatsizlikdir", dedi TIV rahbari.

Chavusho‘g‘li, shuningdek, Turkiya avvalroq beshinchi avlod F-35 samolyotlarini sotib olish uchun mablag‘ o‘tkazganini, ammo ularni olmaganini eslatdi. “Bizni bu dasturdan olib tashlashdi. Shu bilan birga, biz allaqachon 1,4 milliard dollar o‘tkazdik. Bu miqdorning qaytarilishi Anqarani kuttirib qo‘yadi. Bu masala muhokama qilinmoqda. Tezkor qaror kutamiz”, dedi vazir.

Ba’zi terrorchilarga qarshi boshqa terrorchilar qo‘li bilan jang qilish mumkin emas.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri AQSh Davlat kotibi Vashingtonning Suriya bo‘yicha majburiyatlarini eslatib, boshqa terroristlarining ko‘magida DEASh terrorchilariga qarshi kurashning xato ekanini ta’kidladi.

“AQSh va YeI Turkiya orqali Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni chetlab o‘tishning nomaqbulligini ta’kidlamoqda. Cheklovlarni chetlab o‘tishga yo‘l qo‘ymasligimizni e’lon qilamiz”, dedi Chavusho‘g‘li Ukraina inqiroziga ishora qilib.

Uning eslatishicha, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan keyin Turkiya harbiy kemalar uchun bo‘g‘ozlarni yopib qo‘ygan.

“Biz bir tomonlama sanktsiyalarni qo‘llab-quvvatlamaymiz va BMT darajasida kiritilgan har qanday cheklovlarga qo‘shilishga tayyormiz”, dedi bosh vaziri. 

Turkiya Janubiy Kavkazda uzoq muddatli barqarorlik va tinchlik tarafdori

Chavusho‘g‘li, shuningdek, amerikalik hamkasbi bilan Janubiy Kavkazdagi vaziyatni muhokama qilganini aytdi.

“Yaqinda Entoni ham, men ham Ozarbayjon va Armaniston tomonlari bilan aloqada bo‘ldik. Bizning maqsadimiz Janubiy Kavkazda uzoq muddatli barqarorlik va tinchlikka erishishdir. Bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlar davom ettiriladi”, deb ishontirdi turk vaziri.

Blinken: "Vashington Xitoyning Rossiyaning “urush harakatlari”ni qo‘llab-quvvatlayotganidan xavotirda", dedi.

AQSh Davlat kotibi, o‘z navbatida, "AQSh prezidenti Jo Bayden ta’kidlaganidek, Turkiya va NATO o‘rtasidagi qo‘shma harakat salohiyati Vashington uchun doimo muhim" ekanini ta’kidladi.

Blinken, Prezident Jo Bayden ma’muriyati Turkiyaga F-16 yetkazib berish masalasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirayotganini aytdi.

Suriya masalasiga to‘xtalar ekan, AQSh Davlat kotibi Vashington Anqaraning Turkiya janubiy chegarasi xavfsizligi bo‘yicha haqiqiy xavotirda ekanini ta’kidladi.

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi vaziyatga to‘xtalar ekan, Vashington Xitoy Rossiyaning “harbiy sa’y-harakatlarini”, xususan, qurol-yarog‘ yetkazib berish masalasida qo‘llab-quvvatlayotganidan xavotirda ekanini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Entoni Blinken , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar