Turkiyadagi yer silkinishida 31 ming 974 kishi vafot etdi

Epitsentri Kahramanmarash viloyati deb qayd etilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi ortidan 3 ming 170 takroriy seysmik silkinishlar qayd etildi.

1946326
Turkiyadagi yer silkinishida 31 ming 974 kishi vafot etdi

Turkiyada qayd etilgan yer silkinishida 31 ming 974 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Turkiya Ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan berilgan bayonotda, 6-fevral kuni sodir bo‘lgan va epitsentri mamlakatning Kahramanmarash viloyati deb qayd etilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi ortidan 3 ming 170 takroriy seysmik silkinishlar qayd etilgani bildirildi.

Tabiiy ofatdan ziyon ko‘rgan ikki yuz mingga (200 000) yaqin kishi mamlakatning boshqa viloyatlariga evakuatsiya qilindi.  

Qidiruv – qutqaruv faoliyatlari haligacha qariyb 250 ming nafar xodim bilan davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kahramanmarash , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar