“Mo‘jizaviy hayotlar” ozgina bo‘lsa ham Turkiyaga umid baxsh etmoqda

Turkiyadagi yer silkinishida 31 ming 643 kishi vafot etdi.

1946141
“Mo‘jizaviy hayotlar” ozgina bo‘lsa ham Turkiyaga umid baxsh etmoqda

Epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlari ortidan yashash uchun kurashgan falokat qurbonlariga yordam berish ishlari davom etmoqda.

Vayronalar ostidan qutqarilgan “Mo‘jizaviy hayotlar” ozgina bo‘lsa ham Turkiyaga umid baxsh etmoqda.

Shu doirada Kahramanmarash viloyati markazidagi Dulkadiro‘g‘lu tumanida, yer silkinishining 198 – soatida 2 nafar aka – uka qamalib qolgan vayronalar ostidan chiqarildi.

Qidiruv – qutqaruv guruhlari unda avvalom bor 17 yoshidagi Muhammad Enes Yeninarni, ortidan esa uning akasi, 21 yoshidagi Baki Yeninarni qutqarib oldilar.  

Yarador holatda chiqqan aka – ukalar, tez yordam mashinasi orqali shifoxonaga yetkazildi.

Adiyamanda vayron bo‘lgan bino vayronalari ostida qolgan 18 yoshidagi Muhammed Jafar Chetin ham, 198 soatdan so‘ng vayronalar ostidan qutqarib, tibbiy guruhlar tomonidan shifoxonaga olib ketildi.

O‘tgan hafta, 6-fevral kuni sodir bo‘lgan va mamlakatning 10 ta viloytiga ta’sir qilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi minglab inson umriga zomin bo‘lar ekan, “asr falokati” deb ta’riflanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kahramanmarash , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar