Zilzila tufayli ko'plab davlatlar Turkiyaga yordam berishda davom etmoqda

6-fevral kuni Qahramanmarashda sodir bo'lgan va 10 viloyatni qamrab olgan zilzila tufayli ko'plab davlatlar Turkiyaga yordam berishda davom etmoqda.

1944757
Zilzila tufayli ko'plab davlatlar Turkiyaga yordam berishda davom etmoqda

 

6-fevral kuni Qahramanmarashda sodir bo'lgan va 10 viloyatni qamrab olgan zilzila tufayli ko'plab davlatlar Turkiyaga yordam berishda davom etmoqda.

Avvalroq qidiruv-qutqaruv guruhlarini yuborgan Ozarbayjon Turkiyaga mingdan ortiq chodir va 400 ga yaqin isitgich yuborgan.

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari uchun 640 tonna yordam materiallarini tashiydigan 22 ta samolyot jo‘natdi.  BAA prezidenti Muhammad bin Zayidning onasi Shayxa Fotima bint Muborak, taxminan 13 million 600 ming dollar  Turkiya va Suriyadagi zilzila jabrlanganlarga  xayriya qildi.

Ispaniya mintaqada tashkil etiladigan dala kasalxonasini yuborgan bo'lsa, Gretsiya Turkiyaga favqulodda yordam va sog'liqni saqlash vositalaridan iborat yordam yuborish jarayonini davom ettirdi.

Germaniyaning Koln shahrida to'plangan 120 tonnalik yordam moddasi zilzila zonasiga yetkazish uchun 6 yuk mashinali konvoy bilan yo'lga chiqdi.

Belgiyaning poytaxti Bryusselda turk fuqarolari va birlashmalari tomonidan to'plangan yordam materiallarini  birinchi yuk samolyoti jo'natishini amalga oshirdi.

Falastin tomonidan yuborilgan yordam guruhi Turkiya va Suriyaga yetib borar ekan, Argentina  28 kishilik qidiruv-qutqaruv guruhini Turkiyaga, Belarus esa qidiruv-qutqaruv ishlarida qatnashish uchun ikkinchi guruhni  Turkiyaga  joʻnatdi.

Qirg'iziston zilziladan keyin qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borayotgan qirg'iz guruhlari sonini  ko'paytirish va dala kasalxonasi, chodirlar va tibbiy buyumlar yuborilishini ma'lum qildi.

Jahon banki Turkiya uchun 1 milliard 780 million dollar, AQSh esa Turkiya va Suriya uchun qo'shimcha 85 million dollar yordam berishini ma'lum qildi.

Germaniya biotexnologiya kompaniyasi BioNTech Turkiya va Suriyadagi insonparvarlik yordamiga hissa qo'shish uchun 1 million Yevro, Boeing esa Turkiyadagi asrning zilzila falokatidan keyin yordam va qutqaruv ishlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Turk Qizil Yarim Oy jamiyatiga 500 ming dollar xayriya qildi.

Quvayt ham zilziladan jabr ko‘rgan hududlarga 15 million dollar yordam ko‘rsatishini e’lon qildi.

Pokiston va Moldova Respublikasida joylashgan Gagauz avtonom hududi Turkiyada sodir bo'lgan zilzilalardan zarar ko'rganlar uchun yordam kampaniyasi boshlatdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yordam , #Davlatlar , #Zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar