Erdo'g'an zilziladan jabrlangan Adiyaman viloyatiga keldi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, 6-fevral kuni markazi Kahramanmarashda bo'lgan 10 viloyatda sodir bo'lgan zilzilalardan so'ng falokat hududlariga tashrifini davom ettirmoqda.

1945003
Erdo'g'an zilziladan jabrlangan Adiyaman viloyatiga keldi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, 6-fevral kuni markazi Kahramanmarashda bo'lgan 10 viloyatda sodir bo'lgan zilzilalardan so'ng falokat hududlariga tashrifini davom ettirmoqda.

Erdog’an bugun zilziladan zarar ko’rgan viloyatlardan biri Adıyamanga bordi.

Shahardagi qidiruv-qutqaruv ishlari va yordamlar haqida ma'lumot olgan va vaziyatni baholagan Prezident, Adıyaman universiteti stadionida qurilgan chodir shaharchada bayonot berdi.

Kahramanmarash markazidagi zilzilada qurbonlar soni 18 ming 991 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 75 ming 523 nafarga oshganini izohlagan Erdog’an, zilzilalardan keyin 76 mingdan ortiq ofat qurbonlarining boshqa viloyatlarga evakuatsiya qilinganini aytdi.

Bu jarayonning Turkiyadagi barcha rasmiy va fuqaro qidiruv-qutqaruv guruhlari va dunyoning turli burchaklaridan kelgan barcha qidiruv-qutqaruv guruhlari bilan davom etayotganini ifoda etgan Erdog’an:

"Afsuski, bizning ishimiz juda qiyin bo'ldi, chunki zilzila vayronagarchilik ta'siri 10 ta viloyat va 500 kilometrlik hududga tarqaldi." dedi.

Buzilgan binolarni bir yil ichida qayta qurib, egalariga topshirishlarini tilga olgan Erdo'g'an, chodirda qolishni istamagan fuqarolarning bir yillik uy-joy ijarasi to'lovi davlat tomonidan to'lanishini, istaganlar turli viloyatlarda qolishi mumkin deb bildirdi.

Prezident Erdo'g'an, ayniqsa zilzila zonasida mamlakatning oyoqqa turishini ta'minlaydigan keng qamrovli dastur tayyorlaganliklarini aytdi.

 



Aloqador xabarlar