Turkiya parlamenti o'z faoliyatini to‘xtatdi

Bu haqda kecha, 6 fevral kuni hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi parlamentdagi fraksiyasi rahbari Mustafo Elitash ma’lum qildi.

1942839
Turkiya parlamenti o'z faoliyatini to‘xtatdi

 

Turkiya parlamenti mamlakat janubi-sharqida ro‘y bergan vayronkor zilzila tufayli bir haftaga o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

Bu haqda kecha, 6 fevral kuni hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi parlamentdagi fraksiyasi rahbari Mustafo Elitash ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror parlamentda vakillik qilgan barcha siyosiy partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. 

Elitash, qonunchilar zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolarga yordam berish uchun falokat hududida bo‘lishini qo‘shimcha qildi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha 6 fevral kuni ertalab Turkiyada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Ma'lumotga ko‘ra, ketma-ket yer silkinishlari oqibatida qurbonlar soni 2 mingga yetdi. Zilzila Suriya, Livan va Kipr kabi bir qancha qo‘shni mamlakatlarda ham sezildi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar