Altun: Toza va to‘g‘ri ma’lumot uchun keng ko‘lamli safarbarlik boshlatiladi

Faxrettin Altun dezinformatsiyaga qarshi kurashga e’tibor qaratdi.

1942057
Altun: Toza va to‘g‘ri ma’lumot uchun keng ko‘lamli safarbarlik boshlatiladi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun, toza va to‘g‘ri ma’lumot uchun keng ko‘lamli safarbarlik boshlatilishini bildirdi.

Faxrettin Altun ijtimoiy tarmoq orqali dezinformatsiyaga qarshi kurashga e’tibor qaratib, “toza ma’lumot”ni ta’kidlab o‘tdi.

Unda:

“Dezinformatsiyaga qarshi kurashda yurttoshlarimizning ishtirokini taʼminlovchi yangi ilovani joriy etmoqdamiz. Toza maʼlumot uchun umumiy safarbarlikni boshlatyapmiz. Dezinformatsiya haqida xabar berish xizmati ilovamiz bilan tanishtirish dasturiga taklif qilamiz”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Dezinformatsiya haqida xabar berish xizmati ilovasi bilan tanishtirish dasturi, 7-fevral, haftaning seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.



Aloqador xabarlar