Mustafo Shento’p, Somali Federal Majlisi raisi Muhammad Nur bilan telefon orqali muloqot qildi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafo Shento’p, Somali Federal Majlisi raisi Shayx Adan Muhammad Nur bilan telefon orqali muloqot qildi.

1941952

Majlis raisligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra, uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi aloqalar va Somalidagi o’zgarishlar muhokama qilindi.

Parlament Raisi Shento’p, Somalining Turkiyada alohida o'rni borligini aytib, hukumatning qayta saylanishi va Shayx Adan Muhammed Nurning parlament raisi etib qayta saylanishi bilan tabrikladi.

Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmudning Turkiyaga tashrifi aloqalarni mustahkamlaganini ifoda etgan Shento’p, davom etayotgan Ukraina-Rossiya urushining ta'siriga va Turkiyaning tinchlik uchun tutgan roliga e'tibor qaratdi.

Somali Federal Majlisi raisi Nur ham Turkiyaga har sohada Somaliga ko'rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

Nur, Ukraina-Rossiya urushida Turkiyaning tinchlik tarafdori pozitsiyasini to'liq qo'llab-quvvatlaganliklarini ta'kidladi.

Aloqador xabarlar