Erdo’g’an "Turkiya asri"ni yoshlar bilan birga insho etish istagini bildirdi
Erdo'g'an Yoshlar va sport vazirligi nazoratidagi qishki lagerlarning yopilish dasturiga videomurojaat yo'lladi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an "Turkiya asri" vizyonini yoshlar bilan birga insho etish istagini bildirdi.
Erdo'g'an bu fikrni Yoshlar va sport vazirligi nazoratidagi qishki lagerlarning yopilish dasturiga yo'llagan videomurojaatida tilga oldi.
Erdo’g’an 30-yanvardan beri davom etayotgan qishki lagerlarda yoshlarning arxeologiyadan tortib, to qishki sport turlarigacha, raqamli aloqadan tortib, to tasviriy san’atgacha, muhandislikdan tortib, to psixologiya va adabiyotgacha keng ko’lamli o’quv mashg’ulotlarida qatnashganligini ta’kidladi.
Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an yoshlarga xitob qilar ekan, "Mehnat qiling, ishlab chiqaring, orzu qiling. Kelajakka bo'lgan umidingizni hech qachon yo'qotmang!" dedi.
"So'nggi 20 yil ichida yoshlarimiz bilan yelkama-yelka turib, tarixdagi eng katta muvaffaqiyatga erishgan bo’lsak, bugungi kumda "Turkiya asri”ni yoshlarimiz bilan birga insho etamiz degan umiddaman. Sizdan bu jarayonda davlatingizga va o‘zingizga ishonishingizni kutib qolamiz. Buyuk xalq farzandi ekanligingizni hech qachon unutmang!”,- deydi Turkiya prezidenti.
Aloqador xabarlar

Iroq shimolidan qochgan terroristlar Turkiyaga taslim bo'ldi
Bu haqda Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.