“Qishki mashqlar-2023”, mamlakatning Qars viloyatida o‘z ishini davom ettirmoqda

TQK tomonidan uyushtirilgan “Qishki mashqlar-2023”, mamlakatning Qars viloyatida o‘z ishini davom ettirmoqda.

1940486
“Qishki mashqlar-2023”, mamlakatning Qars viloyatida o‘z ishini davom ettirmoqda

Turk Qurolli kuchlari (TQK) tomonidan uyushtirilgan va respublika tarixidagi eng yirik ishtirokchi soniga ega bo‘lgan “Qishki mashqlar-2023”, mamlakatning Qars viloyatida o‘z ishini davom ettirmoqda.  

Unda Germaniya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Angliya kabi dunyoning 17 davlatining harbiy xizmatchilari qatnashmoqda.

Havo harorati – 10 darajagacha tushgan mintaqada 1758 nafar xodim ishtirokida davom etayotgan mashg‘ulotda 43 xil turdagi 651 ta vosita, 23 xil va hajmdagi 865 ta qurol qo‘llanilmoqda.

Mashq doirasida Turkiya va Ozarbayjon qurolli kuchlariga oid zirhli bo‘linmalar, manevr oldidan avvalom bor tanklarga texnik xizmat ko‘rsatib, nazorat ishlarini amalga oshirdi.

Ortidan, ikkala davlatning tank diviziyasi bilan mexanizatsiyalashgan piyoda diviziyasi ishtirokida hujumga o‘tish topshirig‘i bajarildi.

Dalada yuqori harakat qobiliyatlarni ko‘rsatgan tanklarning, bir necha tizimi tekshirildi.

Quruqlikdagi harakatlarning muhim unsurlaridan biri bo‘lgan zirhli bo‘linmalarning, murakkab sharoitlarda chuqur vodiylarni qanday kesib o‘tgani esa, gorizontal ravishda siljitilgan ko‘prik tanki bilan ko‘rsatib berildi.

Shuningdek mashqda gaubitsa, tank va CIRIT raketalari ham uchirildi.

 



Aloqador xabarlar