Erdo’g’an Shvetsiyani NATOga a'zolik jarayoni haqida ogohlantirdi

“Biz Shvetsiyaga dedik: “Siz bu terrorchilarni bizga ekstraditsiya qilasiz, shunda siz NATOga a’zo bo‘lasiz. Sizga 120 kishilik ro‘yxatni berdik. Agar bu terroristlarni bizga topshirmasangiz, unda xafa bo’lish yo’q",-deydi Erdo'g'an.

1939348
Erdo’g’an Shvetsiyani NATOga a'zolik jarayoni haqida ogohlantirdi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an birinchi marta Turkiya Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini Shvetsiya qabul qilinishi bilan bog‘lamasdan ma’qullashi mumkinligini aytdi.

Erdo’g’an bu fikrni Bilejik viloyatida yoshlar bilan uchrashuv chog’ida tilga oldi.

“Agar kerak bo‘lsa, Finlandiya uchun boshqacha javob berishimiz mumkin. Finlandiya uchun boshqacha javob berganimizda Shvetsiya hayratda qoladi”,-deydi Turkiya rahbari. 

U Shvetsiyadan “terrorchilar”ni ekstraditsiya qilish talabini takrorladi. 

“Agar siz haqiqatan ham NATOga a’zo bo‘lishni istasangiz, bu terrorchilarni bizga qaytarasiz”, - dedi Erdo‘g‘an.

Rossiya va Turkiya o'rtasidagi munosabatlarga to'xtalgan Erdo'g'an so'zlarini quyidagicha davom ettirdi:

"Rossiya bilan munosabatlarimiz oʻzaro hurmat asosida davom etmoqda. Janob Putin bilan munosabatlarim halollik bilan bogʻliq. Garchi Suriya shimolidagi voqealar rivojida hozir oʻzimiz xohlagan natijaga erisha olmasak-da biz "Hozir bir nechta uch tomonlama uchrashuvlarni o'tkazamiz" deymiz. Bular Rossiya,Turkiya,Suriya uchligi sifatida yig'ilaylik. Bunga Eronni ham qo'shishimiz mumkin. Muzokaralarimizni shu yo'l bilan o'tkazaylik va mintaqaga tinchlik olib kelaylik. Mintaqa hozirgi qiyinchiliklarni boshdan kechirmasin. Mana biz natijaga erishdik, oldik va olamiz”.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar