Mavlud Chavushog'li Vashingtonda Entoni Blinken bilan uchrashdi
Turkiya-AQSh strategik mexanizmi II Vazirlar yig'ilishi doirasida AQSh poytaxti Vashingtonda Entoni Blinken bilan uchrashgan Mavlud Chavusho'g'li, matbuotga brifing berdi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li "Biz Qo'shma Shtatlarni Gretsiya bilan munosabatlarda muvozanatli bo'lishga chaqiramiz",- dedi.
Turkiya-AQSh strategik mexanizmi II Vazirlar yig'ilishi doirasida AQSh poytaxti Vashingtonda Entoni Blinken bilan uchrashgan Mavlud Chavusho'g'li, matbuotga brifing berdi.
“AQSh Gretsiya bilan munosabatlaridagi muvozanatni o’z foydasiga buzganini” ta’kidlagan Chavusho’g’li, Gretsiyaning qurolsizlangan orollar maqomiga e’tibor bermaganini va AQShning bu masalaga e’tirozi yo’qligini bildirdi.
Chavusho’g’li, O’rta yer dengizidagi o’zgarishlar haqida shunday dedi:
"Kipr greklari AQShdan qurol sotib olishlari mumkin bo'ladi. Kimga qarshi? Kipr turklariga qarshi, Turkiyaga qarshi. Chunki, Kipr greklari pul yuvishda yaxshiroq hamkorlik qilishgan. Agar mavzu qora pul bo'lsa, turli xil rag'batlantirishlar berilishi mumkin. Bu muvozanatni buzishni anglatadi. Qo’shma Shtatlarni Gretsiya bilan munosabatlarda muvozanatli bo’lishga chaqiramiz".
Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’li AQShning Gretsiyaga F-35 samolyotlarini sotishi bilan bog’liq holda, “Biz Gretsiya kabi to'sqinlik siyosatini davom ettirgan davlat emasmiz, o’zimizga ishonamiz” dedi.
Chavusho'g'li AQShning NATOga a'zo ikki davlat o'rtasida yanada muvozanatli bo'lishi kerakligini eslatganiga diqqat qaratdi.
Aloqador xabarlar
Hakan Fidan bilan Faysal bin Farhon G‘azodagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oldi
Hakan Fidan, Saudiya Arabistoni Tashqi Ishlar vaziri Farhon bilan telefon orqali muloqot qildi.