Hulusi Akar Pragada Chexiya bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashdi

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar shu kunlarda rasmiy tashrif bilan Chexiya poytaxti Pragada bo’lib turibdi.

1934266
Hulusi Akar Pragada Chexiya bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Chexiya Bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashdi.

Hulusi Akar shu kunlarda rasmiy tashrif bilan Chexiya poytaxti Pragada bo’lib turibdi.

U tashrif doirasida mamlakat Bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashdi.

Hulusi Akar uchrashuv chog’ida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa mudofaa sanoati va harbiy ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

U shuningdek, mamlakatning muhim mudofaa sanoati kompaniyalaridan biri “Omnipol”ga tashrif buyurib, u yerdagi faoliyatlar bilan tanishdi.


Tanlangan kalimalar: #Chexiya , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar