Akar mintaqa tinchligi uchun Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini qayd etdi

Hulusi Akar Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan telefon orqali muloqot qildi.

1931502
Akar mintaqa tinchligi uchun Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini qayd etdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Akar, qurbonlar soni ortmasligi,  mintaqada tinchlik o‘rnashi va barqarorlikni qayta tiklash uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurlgini ta’kidladi.

Muloqot chog‘ida Hulusi Akar, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bosh bo‘lish bilan birga Türkiye mintaqa tinchligi va insonparvarlik yordamini yetkazib berish masalasida o‘z zimmasiga tushgan vazifani bajarishni davom etishini bildirdi.

Qora dengiz don tashabbusi hujjati doirasida tashkil etilgan Mushtarak muvofiqlashtirish markazi faoliyatlari asosida bugungacha Ukraina portlaridan qariyb 17 million tonna donning xavfsiz tarzda muhtoj davlatlarga jo‘natilganini qayd etgan Akar, tashabbusning katta ahamiyatga ega ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #Aleksey Reznikov , #Ukraina , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar