Hulusi Akar: Asad rejimi bilan muzokaralar davom etishi mumkin

Hulusi Akar kecha poytaxt Anqarada Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an boshchiligida o‘tkazilgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

1930579
Hulusi Akar: Asad rejimi bilan muzokaralar davom etishi mumkin

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Suriyada Bashar Asad rejimi bilan muzokaralar davom etishi haqida gapirdi.

Hulusi Akar kecha poytaxt Anqarada Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an boshchiligida o‘tkazilgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

Mudofaa vaziri Akar unda, Damashq bilan bo‘lgan uchrashuvlarda terrorga qarshi kurash va muhojirlik muammosiga yechim topishga harakat qilganliklarini ta’kidladi.

Türkiyening maqsadi terror va muhojirlar muammosini hal qilish ekanini qayd etgan Akar,

“Tilagimiz (Damashq bilan) muzokaralar natijasida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni o‘rnatish va yurtimizdagi suriyalik mehmonlarimizni ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti matnlarida taʼkidlanganidek o‘z xohishlari bilan, xavfsiz va hurmat bilan oʻz yurtlariga qaytishlaridir”. - dedi.

Hulusi Akar, yuritilgan muzokaralar chog‘ida Suriya Milliy armiyasini qiyin ahvolga soladigan hech qanday harakatga yo‘l qo‘ymaganliklari va bundan buyon ham yo‘l qo‘ymasliklarini bildirdi.

Akar, 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi kutilmagan nuqtalarga borishi mumkinligi haqida ogohlantirib, mavzu haqida:

“Bu yong‘in imkon qadar tezroq o‘chirilishi kerak”, - deya gapirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Suriya , #Asad rejimi , #terror

Aloqador xabarlar