Shento‘p: Armaniston qilgan ishlari orqali mintaqa tinchligiga tahdid solmoqda

Shento‘p, Antaliyada uyushtirilgan Osiyo Parlamentlar assambleyasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etgan Ozarbayjon Milliy majlisi rahbari Sohiba Gafarova bilan uchrashdi.

1930209
Shento‘p: Armaniston qilgan ishlari orqali mintaqa tinchligiga tahdid solmoqda

Türkiye Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shento‘p, Türkiye har doim Ozarbayjonning haqli kurashini qo‘llab-quvvatlashini bildirib,

“Armaniston, qilgan ishlari orqali mintaqa tinchligiga tahdid solmoqda”. - dedi.

Shento‘p, Antaliyada uyushtirilgan Osiyo Parlamentlar assambleyasining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etgan Ozarbayjon Milliy majlisi rahbari Sohiba Gafarova bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Türkiye bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi yaqin aloqalar bilan Osiyo Parlamentlar assambleyasi doirasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Türkiye Buyuk Millat Majlisi bilan Ozarbayjon Majlisi o‘rtasida o‘tgan yillarda imzolangan hamkorlik protokollarini yangilash masalasi kun tartibiga olib chiqildi.

Bundan tashqari, Armanistonning Ozarbayjon tuproqlariga bo‘lgan munosabatiga norozilik bildirilib, bu masalani xalqaro platformalarda kun tartibiga olib chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Türkiye Buyuk Millat Majlisi raisi Shento‘p, Armanistonning Rossiya-Ozarbayjon-Armaniston deklaratsiyasidagi vazifasini bajarishini kutganliklarini ifoda etdi.

Türkiye - Ozarbayjon aloqalariga ham to‘xtalgan Shento‘p:

“Türkiye har doim Ozarbayjonning haqli kurashini qo‘llab-quvvatlamoqda. Armaniston, qilgan ishlari orqali mintaqa tinchligiga tahdid solmoqda”. - dedi.



Aloqador xabarlar