"Kommersant" gazetasi Erdo'g'anni 2022 yilning eng muvaffaqiyatli rahbari deb atadi

“Kommersant” gazetasida muallif Kirill Krivosheyev tomonidan “Oʻrnini to’ldirib boʻlmaydigan Rejep” sarlavhali maqolasi chop etildi.

1928930
"Kommersant" gazetasi Erdo'g'anni 2022 yilning eng muvaffaqiyatli rahbari deb atadi

 

Rossiyada chop etilgan "Kommersant" gazetasi, Ukraina inqirozi tufayli xalqaro hamjamiyat ikkiga bo'lingach, Turkiyaning o'ziga xos bir pozitsiya ko'rsatganiga diqqat qaratdi.

“Kommersant” gazetasida muallif Kirill Krivosheyev tomonidan chop etilgan “Oʻrnini to’ldirib boʻlmaydigan Rejep” sarlavhali maqolasida Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdoʻgʻanni 2022-yilning eng muvaffaqiyatli rahbari deb atash mumkinligi taʼkidlandi.

Muallifning yozishicha, Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi”dan keyingi davrda (24-fevral) Erdo‘g‘an “muhokamalardan tashqarida” qolgan va muqobil vositalarsiz vositachi maqomini saqlab qolgan.

G’arbning Moskvaga qarshi sanksiyalari kuchaygan sari Turkiyaning Rossiya bilan savdo hajmini oshirganligini, g’alla kelishuvida vositachi bo’lganini va tabiiy gaz markazi loyihasiga mezbonlik qilish imkoniyatini qo’lga kiritganini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Rossiya , #Kommersant

Aloqador xabarlar