Chavusho‘g‘lu Eli Koenni tabrikladi

Mevlut Chavusho‘g‘lu Isroilning yangi tashqi ishlar vaziri Eli Koen bilan telefon orqali muloqot qildi.

1928153
Chavusho‘g‘lu Eli Koenni tabrikladi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Isroilning yangi tashqi ishlar vaziri Eli Koen bilan telefon orqali muloqot qildi va unda:

“Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning, Al-Aqsa jome’ masjidiga nisbatan namoyish etgan provokativ harakatining qabul qilinishi imkonsiz noto‘g‘ri ekani” ta’kidlandi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Chavusho‘g‘lu yangi vazifasi tufayli Koenni tabrikladi.

Tabrik so‘zida:

“Chavusho‘g‘lu, Koenga Türkiyening Falastin masalasiga bo‘lgan munosabatini yodga solib, bu doirada Isroil Milliy Xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning bir kun oldingi Al-Aqsa jome' masjidiga nisbatan namoyish etgan provokativ tusdagi harakati qabul qilinishi imkonsiz noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Türkiyening Al-Aqsa mavqeini saqlab qolishga alohida e'tibor bergani ham qayd etilib, har qanday provokativ harakatlardan uzoq turilishi kerakligini hamkasbi e’tiboriga havola qilindi”. - deyildi.

Muloqot chog‘ida ikki vazir o‘zaro munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.

 



Aloqador xabarlar