Chavusho‘g‘lu suriyalik muxoliflarni qabul qildi

Mevlut Chavusho‘g‘lu Tashqi ishlar vazirligida suriyalik muxoliflarni qabul qildi.

1927589
Chavusho‘g‘lu suriyalik muxoliflarni qabul qildi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Suriya muxolifat va inqilobchi kuchlar milliy koalitsiyasi raisi Salim al-Muslat, Suriya muzokara komissiyasi raisi Bedir Jamus va Suriya Muvaqqat hukumati raisi Abdurrahmon Mustafoni poytaxt Ankarada qabul qildi.

Chavusho‘g‘lu Twitterdagi sahifasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida,

“Suriya muxolifat yetakchilari bilan Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan qabulda Suriyadagi oxirgi vaziyatlarni qo‘lgan oldik va 2254-sonli BMTXK qaroriga muvofiq Suriya muxolifati va xalqini qo‘llab-quvvatlashni davom etishimizni takrorladik”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan 2015-yilning dekabr oyida bir ovozdan ma’qullangan 2254-sonli qaror, Suriya bo‘ylab tezlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va bunga parallel ravishda siyosiy muzokaralarni boshlash; ikki yil ichida “birlik hukumati” tashkil etish ortidan esa saylovlarni o‘tkazishni talab qiladi.



Aloqador xabarlar