Gretsiya Sohil xavfsizlik xodimlari chorasiz qoldirilgan muhojirlar qutqarildi

Gretsiya Sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan chorasiz qoldirilgan noqonuniy muhojirlar qutqarildi.

1927142
Gretsiya Sohil xavfsizlik xodimlari chorasiz qoldirilgan muhojirlar qutqarildi

Egey dengizida Gretsiyaga oid Sohil xavfsizlik guruhi kemasining noqonuniy muhojirlarni Türkiye hududiy suvlariga itarib yuborgan payti insonsiz havo apparati bilan aniqlandi.

Milliy Mudofaa vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali bo‘lishilgan xabarga ko‘ra bir guruh noqonuniy muhojir 29 - dekabr kuni Egey dengizida, Cheshmening janubiy-g‘arbida, Gretsiyaga oid Sohil xavfsizlik guruhi kemasi tomonidan qirg‘oqqa 3.62 milya uzoqlikdagi Türkiye hududiy suvlariga itarilgan.

Dengiz kuchlariga qarashli insonsiz havo apparati orqali aniqlangan bu voqea darhol Sohil xavfsizlik qo‘mondonligiga xabar qilinib, noqonuniy muhojirlar qutqarilgan.

 



Aloqador xabarlar