Prezident Erdoʻgʻan “Nobel” Tinchlik mukofotiga nomzod qilib koʻrsatildi

Mustafa Shentoʻp poytaxt Ankarada parlament muxbirlari bilan uchrashdi.

1924885
Prezident Erdoʻgʻan “Nobel” Tinchlik mukofotiga nomzod qilib koʻrsatildi

Türkiye Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentoʻp, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanni “Nobel” Tinchlik mukofotiga nomzod qilib koʻrsatganini bildirdi.

Mustafa Shentoʻp poytaxt Ankarada parlament muxbirlari bilan uchrashdi.

Mavzu haqida bergan bayonotida, Prezident Erdoʻgʻanning 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushini tugatish masalasidagi sa’y-harakatlarini ta’kidlagan Shentoʻp,

“Janob Prezidentni tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod koʻrsatish uchun murojaat qildim. (Bu borada) turli mamlakatlarning parlament spikerlari va deputatlari ham murojaat qiladi”. - dedi.

Erdoʻgʻanning Rossiya-Ukraina urushini toʻxtatishga uringan va har ikki tomon bilan ham uchrasha olgan yagona lider ekaniga e’tibor qaratgan Shentoʻp,

“Betaraf baholangudek boʻlsa unda bu haqning (Tinchlik uchun Nobel mukofoti) berilishi kerakligiga ishonchim komil”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar