Prezident Erdoʻgʻan tabiiy gaz haqida ajoyib xushxabar boʻlishdi

Prezident Erdoʻgʻan, poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasida boʻlib oʻtgan Vazirlar kengashi yigʻilishidan keyin xalqqa xitob etdi.

1924015
Prezident Erdoʻgʻan tabiiy gaz haqida ajoyib xushxabar boʻlishdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Qora dengizda 58 milliard kub metr yangi tabiiy gaz zahirasi topilganini ma’lum qildi.

Prezident Erdoʻgʻan, poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasida boʻlib oʻtgan Vazirlar kengashi yigʻilishidan keyin xalqqa xitob etdi.

Türkiyening oʻzi uchun mudofaa sanoati mahsulotlari dizayn qilgan va ishlab chiqargan davlatga aylanganini ta’kidlagan Erdoʻgʻan:

“Eksportimiz kundan - kunga ortib, butun dunyoda mudofaa sanoati tarmogʻimiz mahsulotlari bilan nom chiqara olgan nuqtaga keldik”. - dedi.

Kelasi yili xavfsiz ravishda, terrorni oʻz oʻrnida yoʻq qilish strategiyasini janubiy chegaraning har bir nuqtasida qat’iy qaror bilan davom ettirishlarini ta’kidlagan Erdoʻgʻan:

“Ayniqsa, yurtimizga Suriyadan kelayotgan tahdidlarni butunlay yoʻq qilish uchun 30 kilometr chuqurlikdagi xavfsizlik chizigʻimizdagi boʻshliqlarni bekitish uchun yangi qadamlar tashlaymiz”, -degan ifodalarga oʻrin berdi.

Qora dengizda 58 milliard kub metr yangi tabiiy gaz zahirasi topganliklari haqidagi xushxabarni boʻlishgan Erdoʻgʻan, Qora dengizdagi gaz zahirasi 710 milliard kub metrga yetgani, mintaqada topilgan tabiiy gazning xalqaro bozorlardagi narxi 1 trillion dollar ekanini qayd etdi.

Prezident, Qora dengizda yangi tabiiy gaz qidiruv faoliyatlarini davom ettirishlarini oʻz soʻziga ilova etdi.

 

 



Aloqador xabarlar