Mustafo Shento’p Skopyeda "Turk ta'lim kuni"ga bag'ishlangan tadbirga qatnashdi

Shento’p Shimoliy Makedoniyada “Turk ta’lim kuni” bayram sifatida nishonlanayotganini bildirib, tilni himoya qilish vatanni, sivilizatsiyani, axloqni va iymonni himoya qilish demakdir dedi.

1922287
Mustafo Shento’p Skopyeda "Turk ta'lim kuni"ga bag'ishlangan tadbirga qatnashdi

 

Turkiya parlamenti raisi Mustafo Shento’p Shimoliy Makedoniyaga tashrifi doirasida “21 dekabr - Turk ta'lim kuni” munosabati bilan mamlakat poytaxti Skopyeda o'tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi.

U Shimoliy Makedoniyaning madaniy boyliklarini saqlab qolishga qaratilgan bag'rikeng yondashuvi mamlakatni siyosiy jihatdan ancha kuchliroq qilganini aytdi.

Shento’p Shimoliy Makedoniyada “Turk ta’lim kuni” bayram sifatida nishonlanayotganini bildirib, tilni himoya qilish vatanni, sivilizatsiyani, axloqni va iymonni himoya qilish demakdir dedi.

Shimoliy Makedoniyada ta’lim tili sifatida turk tilini qo’llashni nihoyatda qadrli deb bilishini ta’kidlagan Shento’p, Shimoliy Makedoniyada turkchani saqlab qolishga qaratilgan sa’y-harakatlarni mamnuniyat bilan kuzatib borayotganini aytdi.

U shuningdek, Shimoliy Makedoniya davlatini turli xalqlar uchun oʻz tillarida taʼlim olish xususida yaxshi namuna sifatida koʻrsatganini aytib,  “Shimoliy Makedoniyaning oʻz madaniy boyligini saqlab qolishga bagʻrikenglik bilan yondashishi mamlakatni siyosiy jihatdan ancha kuchliroq qiladigan masala”, — dedi.

 

 



Aloqador xabarlar