Prezident Erdog’an Mardindagi jamoaviy ochilish marosimida nutq so’zladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, har bir global inqiroz bilan dunyoda siyosiy va iqtisodiy muvozanatlar biroz o’zgargan sari Turkiya o’zining yorqin yulduzi bilan kuchayib borayotganini aytdi.

1920223
Prezident Erdog’an Mardindagi jamoaviy ochilish marosimida nutq so’zladi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, har bir global inqiroz bilan dunyoda siyosiy va iqtisodiy muvozanatlar biroz o’zgargan sari Turkiya o’zining yorqin yulduzi bilan kuchayib borayotganini aytdi.

Prezident Erdog’an Mardindagi jamoaviy ochilish marosimida so’zlagan nutqida so’nggi 20 yil ichida 48 milliard liralik davlat sarmoyalari bilan Mardinni har sohada qo’llab-quvvatlaganliklarini va rivojlantirganliklarini aytdi.

Karaman-Adana-Gaziantep tezyurar poyezdi loyihasini Mardingacha uzaytirishlarini e’lon qilgan Erdog’an, 3 million yo’lovchi sig’imli yangi terminal binosini qurgan Mardin aeroportining nomi Nobel mukofotli Professor Doktor Aziz SanJar nomi bilan atalishini  va Mardin Aziz Sanjar aeroportiga o'zgartiriladi.

Bugun 3 ta neft qudug’ini ochganliklarini ifoda etgan Erdog’an, “Sizlar bilan Turk asrini barpo etuvchi 2023 yil g’alabasidan so’ng mamlakatimizni dunyoning eng kuchli 10 iqtisodiyoti qatoriga birga olib chiqamiz” dedi. dedi.

Prezident, har bir global inqiroz bilan dunyoda siyosiy va iqtisodiy muvozanatlar biroz ko'proq o'zgarib borayotganini, Turkiya o'zining yorqin yulduzi bilan kuchayib borayotganini bildirdi.

Shu bilan birga Prezident Erdog’an ijtimoiy media hisobi orqali Mardinning mintaqaviy va madaniy xususiyatlari bilan birga shaharga qilingan sarmoyalarni o’z ichiga olgan videoni  tarqatdi.

“Turkiya asrining qo’shig’i” turk, kurd, arab va suriyay tillarida ijro etilgan videoda Prezident Erdog’an qo’shiq so’zlarini ham o’qiydi.

“Mardin Turkiya asrini birgalikda qurishga va 2023-yilda xavfsiz, tinch va farovon Turkiyaga yo‘l ochishga tayyor”, dedi Erdo‘g‘on o‘z postida.

 

 

 



Aloqador xabarlar