Turk Sohil xavfsizlik xodimlari 66 nafar muhojirni qutqardi

Turk Sohil xavfsizlik xodimlari Gretsiya Sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan o‘limga tark etilgan 66 nafar muhojirni qutqardi.

1919317
Turk Sohil xavfsizlik xodimlari 66 nafar muhojirni qutqardi

Türkiyening Chanoqqal’a viloyatining Ayvajik tumani qirg‘oqlarida Gretsiya Sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilib, o‘limga tark etilgan puflangan qayiqdagi 66 nafar muhojir Turk Sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan qutqarildi.

Sohil xavfsizlik qo‘mondonligi xodimlari, Ayvajik qirg‘og‘idan uzoq nuqtada puflangan qayiqdagi bir guruh noqonuniy muhojirlar borligi haqida ma’lumot oldi. Ortidan kerakli faoliyatlar boshlatildi.

Shu doirada mintaqaga qarab yo‘l olgan guruh tomonidan Gretsiya Sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan puflangan qayiqdagi noqonuniy muhojirlar qutqarildi.

Kuchukquyu shaharchasidagi Sohil xavfsizlik stantsiyasiga olib kelingan muhojirlar, kerakli protsedura ortidan Ayvajik tumanidagi Chet elliklarni yurtiga qaytarish markaziga topshirildi.

Gretsiya zulmi, turk baliqchilari tomonidan tasvirga olindi.



Aloqador xabarlar