Türkiye, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasida 5 ta shartnoma imzolandi

Türkiye, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasida savdo, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, bojxona, energetika va transport sohalarida 5 ta shartnoma imzolandi.

1918869
Türkiye, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasida 5 ta shartnoma imzolandi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Turkman tabiiy gazini G‘arb bozorlariga yetkazish ishlarining boshlatilishi kerakligini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an Turkmanistonda uyushtirilgan Türkiye-Ozarbayjon-Turkmaniston Davlat rahbarlarining Birinchi sammiti doirasida Turkmaniston va ozarbayjonlik hamkasblari bilan tor doirada va hay’atlararo uchrashuv o‘tkazdi.

Prezident Erdo‘g‘an ikki tomonli uchrashuvlar ortidan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda nutq so‘zlagan Erdo‘g‘an:

“Kuzatuvchi a’zo sifatida Turk Davlatlari Tashkiloti tarkibiga (TDT) kirgan Turkmanistonning to‘liq a’zolik jarayonini eng qisqa vaqtda tamomlanishi, kuchimizga kuch qo‘shadi”. – dedi.

Erdo‘g‘an,

“Shimoliy Kipr Turk Respublikasining (SHKTR) O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Samarqand sammitida TDTga kuzatuvchi sifatida qabul qilinishi ham birlik va birdamligimizni mustahkamladi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida 24-fevraldan beri davom etgan voqealarga ham to‘xtalgan Erdo‘g‘an mavzu haqida:

“Don masalasidagi kelishuv va asirlar almashinuvidan keyin diplomatiyaga ham imkon berilsa unda tinchlikka yetaklovchi yo‘lning ochilishi mumkinligiga guvoh bo‘ldik”. - deya gapirdi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokara ovtkazishni davom etganliklariga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an:

“Umid qilamizki, oʻq uzishni to‘xtatish ortidan mintaqada barqaror tinchlikka erishiladi”. – dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, Turkmaniston va Ozarbayjondan Türkiyega elektr energiyasi o‘tkazish ustida ishlashga tayyor ekanliklarini ifoda etdi.

Turkmanistonda Erdo‘g‘an ishtirok etgan Türkiye-Ozarbayjon-Turkmaniston Davlat rahbarlari birinchi sammiti doirasida Türkiye, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasida savdo, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, bojxona, energetika va transport sohalarida 5 ta shartnoma imzolandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar