Prezident Erdo‘g‘an Turkmanistonga amaliy tashrif uyushtirmoqda

Türkiye - Ozarbayjon - Turkmaniston Davlat rahbarlarining birinchi sammiti Turkmanistonning Avaza shahrida bo‘lib o‘tadi.

1918129
Prezident Erdo‘g‘an Turkmanistonga amaliy tashrif uyushtirmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 13-14 dekabr kunlari Türkiye - Ozarbayjon - Turkmaniston Davlat rahbarlarining birinchi sammiti munosabati bilan Turkmanistonga tashrif uyushtiradi.

Türkiye Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra ertaga Turkmanistonning Avaza shahrida Turkiya - Ozarbayjon - Turkmaniston Davlat rahbarlarining birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan Prezident Erdo‘g‘an bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etadi.

Bayonotda qayd etilishicha mazkur sammitda uch doʻst va qardosh davlat oʻrtasidagi ayniqsa savdo, energetika va transport sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yoʻlida olib boriladigan faoliyatlar qoʻlga olinadi. Yuqorida nomi tilga olingan sohalardagi hamkorlikning zaminini mustahkamlovchi turli shartnomalar imzolanadi. Prezident Erdoʻgʻan ham shu doirasida ikki tomonli uchrashuvlar amalga oshiradi.



Aloqador xabarlar