Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Turkiyaga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida Suriya shimolidagi o'zgarishlar, shuningdek Turkiya-Suriya munosabatlari muhokama qilinadi.

1915941
Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Turkiyaning Suriya shimolidagi terror tashkilotlariga qarshi ehtimoliy quruqlikdagi operatsiyasi kun tartibidan joy olgan bir paytda, Rossiyadan oliy darajali mulozimning Istanbulga tashrifi kutilmoqda.

Ma’lumotga ko’ra, Rossiya Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Sergey Vershinin rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keladi.

Ertaga, 8 dekabr kuni kechqurun Istanbulda bo'lishi kutilayotgan Vershininning asosiy muzokaralari juma kuni bo’lib o’tadi.

Tashrif doirasida Suriya shimolidagi o'zgarishlar, shuningdek Turkiya-Suriya munosabatlari muhokama qilinadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Sergey Vershinin , #Rossiya

Aloqador xabarlar