Fahrettin Altun, amaliyotlar oxirgi terrorist yo’q qilinguncha davom etadi deb bildirdi

Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun, bo'lginchi terror tashkiloti YPG/PKKga qarshi amaliyotlar oxirgi terrorist ta'sirsiz holga keltirilgunga qadar davom etishini bildirdi.

1908975

Altun, ijtimoiy media hisobi orqali bergan bayonotida, tinch aholi, askar, politsiya, o'qituvchilar, ayollar va bolalarni  nazarga tutmasdan  nishonga olgan terror tashkiloti YPG/PKKni qoralaganliklarini bildirdi.

Altun, Gaziantepning Karkamish tumanida terror tashkiloti YPG/PKK aʼzolari tomonidan otilgan 5 ta raketa natijasida hayotdan koʻz yumgan fuqarolarga Allohdan rahmat tiladi.

"Begunoh tinch aholiga qarshi hujumlarini davom ettirayotgan terror tashkiloti YPG/PKK hujumlariga xavfsizlik kuchlarimiz javob qaytarmoqda. Bu amaliyotlar oxirgi terrorist ta'sirsiz holga kelguncha davom etadi. Terror tashkilotlari va ularning tarafdorlarini javobgarlikka tortamiz". dedi.

Fahrettin Altun ham o‘z postiga “#Hesapzamanı” heshtegini kiritdi.

Aloqador xabarlar